O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun qish mavsumida zarur shart-sharoitlarni yaratish, issiqlik tizimi, isitish qurilmalari, deraza va eshiklarning holati, shuningdek, bino va xonalarning mavsumga tayyorgarligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, sovuq kunlarda bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda aniqlanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tashkilotning kuz-qish mavsumini barqaror va muammosiz o‘tkazishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.