Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi
янв.21
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
янв.21
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi
янв.21
BOShRABOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
“Jayxun” mahallasida obodonlashtirish holati deputatlik nazoratida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan “Jayxun” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tashrif davomida mahalla hududidagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalik holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Xususan, ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlarning sanitariya holati, yashil hududlarni saqlash hamda obodonlashtirish ishlari holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, obodonchilik ishlari yuzasidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, aholini qiynayotgan masalalar, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish bo‘yicha taklif hamda mulohazalari tinglandi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar deputatning murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilab olindi.

Slide 1 of 1