Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi
янв.21
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
янв.21
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi
янв.21
BOShRABOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan Parkent tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi rahbari F. Axmadxonovga deputat so‘rovi yuborildi.
🚸 So‘rovda, avvalo, Navro‘z MFY hududidagi Sho‘rob ko‘chasida piyodalar xavfsizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratilgan.
🛣 Mazkur hududda 700 metr uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasi mavjud bo‘lib, undan 10- va 43-sonli maktablar hamda xususiy bog‘chalarga qatnaydigan bolalar muntazam foydalanadi.
⚠️ Shu sababli mavjud piyodalar o‘tish joyida yo‘l chiziqlarini chizish va svetofor o‘rnatish masalasini hal etish so‘ralgan.
🚦 Shuningdek, Parkent–Krasnogorsk–Zarkent yo‘nalishlari kesishmasidagi chorrahaga ham svetofor o‘rnatish masalasi ko‘tarilgan. Mazkur chorrahada transport harakati faol bo‘lib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun harakatni tartibga solish zarurati mavjud.
✅ Ushbu takliflarning amalga oshirilishi bolalar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash, transport harakatini tartibga solish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.
✅ Deputat so‘rovida mazkur masalalar yuzasidan ko‘rilgan choralar va belgilangan vazifalar haqida qonunchilikda belgilangan tartibda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
⚠️ Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan muhim masalalarni amaliy yechimga yo‘naltirish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2