Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 17-fevraldagi VII-22-20-7-100-K/26-son qarori ijrosi taminlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–49-son qarori ijrosi doirasida Payariq tumanida hududlar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, PQ–49-son qaror doirasida Madaniyat mahallasi hududidan o‘tuvchi asosiy yo‘lning 3.8 kilometr qismida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar yakunlangach, qishloq aholisi uchun qulay va xavfsiz transport qatnovi ta’minlanib, hududning obodonligi hamda infratuzilmaviy holati yanada yaxshilanadi.