Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi
янв.21
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
янв.21
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi
янв.21
BOShRABOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
“To‘xlimergan” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan 17-“Marg‘ilon darvozasi” saylov okrugi hududidagi “To‘xlimergan” mahalla fuqarolar yig‘inida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash hamda O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot-tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahallaga kirish va chiqish nuqtalarida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining holati, ularning uzluksiz ishlashi, texnik sozligi hamda hududni qamrab olish darajasi ko‘zdan kechirildi.

Huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktika inspektori, mahalla faollari, “Mahalla yettiligi” a’zolari va boshqa mas’ul tuzilmalar o‘rtasidagi hamkorlik holati ham muhokama qilindi.

️Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, xavf guruhiga mansub fuqarolar bilan individual profilaktik ishlarni kuchaytirish, yoshlar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish hamda videokuzatuv tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5