Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi
янв.21
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
янв.21
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi
янв.21
BOShRABOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
328-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Komissiya_nazorati #haftalik_ish_reja_doirasida #Open_byudjet #ekspert_guruhlari

328-SONLI DMTTDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

💹 2026-yil “Tashabbusli byudjet” jarayonining I mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha doirasida 328-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

⚙️ Loyiha doirasida binoning eshik va deraza romlarini yangilash, podokonnoklar o‘rnatish, shuningdek, eshik va deraza romlari o‘rnatilgandan so‘ng atkos qismlarini ta’mirlash, tashqi va ichki sovuq suv hamda oqova suv kommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash, binoning issiqlik tizimini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🕯 O‘rganish davomida bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha talablariga muvofiqligi hamda ta’mirlash jarayonining belgilangan muddatlarda olib borilayotgani ko‘rib chiqildi. Xususan, sovuq suv tizimini binoga olib kirish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📈 Shuningdek, ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda barcha ishlarni sifatli yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Binodagi ta’mirlash ishlarini 1-oktabrga qadar to‘liq yakunlash choralarini ko‘rish belgilandi.

💼 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligida, Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva hamda ekspert guruhi a'zolari ishtirok etdi.

Slide 1 of 6