Sessiya oldi o‘rganish jarayonlari davom etmoqda
❗️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlik faoliyati doirasida navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni puxta o‘rganish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputatlari B.Baxovadinov hamda K.Bayzakovlar tomonidan tuman Maktabgacha ta'lim va maktab ta’limi bo‘limining joriy yilning 8 oyi davomida amalga oshirgan ishlari o‘rganildi.
📚 O‘rganish jarayonida tumandagi maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
🔎 Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlar hamda sohada olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mazkur o‘rganishlar navbatdagi sessiyada masalalarni atroflicha muhokama qilish, mavjud muammolarga amaliy yechimlar belgilash hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!