Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi
янв.21
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
янв.21
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi
янв.21
BOShRABOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI - HUDUDDAGI TOZALIK HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyaviy_savol #ekspert_guruhlari #partiya_guruhlari

DEPUTATLIK NAZORATI - HUDUDDAGI TOZALIK HOLATI TANQIDIY O‘RGANILDI

Vatan mahallasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “22-Vatan” saylov okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan fuqarolar murojaati asosida mahalla hududidagi obodonlashtirish va sanitariya-tozalik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani natijasida ayrim joylarda chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlandi. Mazkur holat mahalla hududining umumiy obodonlashtirish va sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, shuningdek, aholi hamda hududga tashrif buyuruvchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

⚠️ Hududga mas'ul "Sentrion 24" BSK tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha belgilangan ishlarning lozim darajada tashkil etilmagani deputatlik nazorati doirasida tanqidiy muhokama qilindi.

📁 Aniqlangan holat yuzasidan muammoni bartaraf etish, hududda sanitariya-tozalik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda mas’ul tashkilot faoliyatiga tegishli baho berish maqsadida tuman hokimining mas’ul o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

📈 Deputatlik nazorati doirasida masalaning faqat qayd etilishi bilan cheklanib qolmasdan, muammoning amaliy yechimi va mas’ullar tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

💼 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatining 24 ta eng muhim tavsiyaviy yo‘nalishi hamda haftalik ish rejasi doirasida tashkil etildi. O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Slide 1 of 9