Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
To‘da mahallasida ko‘prik qurish masalasi o‘rganildi
янв.21
Tuzbozor mahallasida ichimlik suvi ta’minoti masalasi o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ko‘chkak mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasi aholisi murojaati deputatlik so‘roviga asos bo‘ldi
янв.21
Keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatildi
янв.21
To‘da mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
To‘da mahallasida ariqlarni betonlash ishlari o‘rganildi
янв.21
BOShRABOT MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
KOSIBLAR MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI
Huquqiy ma'lumot
#162_ta_qonun
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni


(O‘RQ–445-son, 2017-yil 11-sentabr)

Fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan asosiy huquqlardan biridir. 

Ushbu konstitutsiyaviy huquqning amalda ta’minlanishi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni orqali tartibga solinadi.

Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari, davlat muassasalari, boshqa tashkilotlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilish, murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va ularga qonuniy javob berish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga muvofiq, fuqarolar va yuridik shaxslar ariza, taklif va shikoyat shaklida murojaat qilish huquqiga ega. Har bir murojaat belgilangan tartibda qabul qilinishi, ro‘yxatga olinishi, qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda xolisona, har tomonlama va to‘liq ko‘rib chiqilishi hamda murojaatchiga asoslantirilgan javob berilishi shart.

Qonunning asosiy maqsadi fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaat qilish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlashning yagona va shaffof tizimini yaratish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirish, shuningdek fuqarolar bilan davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashdan iborat.

Mazkur Qonunga ko‘ra, murojaatlar:

qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi va ro‘yxatga olinadi;

vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan xolisona hamda har tomonlama o‘rganiladi;
murojaatda ko‘rsatilgan har bir masalaga huquqiy baho beriladi;

murojaatchiga qonuniy va asoslantirilgan javob taqdim etiladi;
zarur hollarda murojaatda ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘riladi.

Qonun murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni, murojaatlarni asossiz rad etmaslikni hamda ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqishni majburiy talab sifatida belgilaydi.

Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimida qonuniylik, xolislik, shaffoflik, tezkorlik, murojaatchining huquq va manfaatlarini hurmat qilish hamda davlat organlarining javobgarligi asosiy tamoyillar hisoblanadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1