35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
18-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘PRIK QURILISHI JARAYONI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari natijalari
янв.21
SARIOSIYO MAHALLASIDA INFRATUZILMA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
AVLOD MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN “Erta turmushning salbiy oqibatlari va uning oldini olish” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
янв.21
DUOBA MFYDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
XO‘JAIDOD MFYDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI
SOHILBO‘YI KO‘CHASIDAGI YO‘L MUAMMOSI O‘RGANILDI

 SOHILBO‘YI KO‘CHASIDAGI YO‘L MUAMMOSI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov hamda
kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Tolmozor mahalla fuqarolar
yig‘ini Sohilbo‘yi ko‘chasi aholisining murojaatlari yuzasidan o‘rganish
ishlari olib borildi.
 

Sohilbo‘yi ko‘chasi aholisi bilan o‘tkazilgan suhbat davomida ko‘chaning
umumiy 1200 metr qismi asfaltlanmagani, ayni paytda uning 450 metr qismiga
asfalt qoplamasi yotqizish zarurligi bildirildi.
 

Mazkur masalani hal etish maqsadida zarur hujjatlarni belgilangan tartibda
rasmiylashtirish hamda tuman hokimligiga taqdim etish yuzasidan mahalla
mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.
 

Ko‘tarilgan masalaning ijobiy hal etilishi tuman Kengashi tomonidan
nazoratga olinishi ta’kidlandi.
 

Aniqlangan muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib,
uning bartaraf etilishi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5