🔹Profilaktika inspektorlariga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida qo‘shimcha vakolatlar berilishi, avvalo, mahallalarda fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🔹Mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengaytirilayotgani huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim qadamdir.
🔹Ayniqsa, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ogohlantirish qo‘llash imkoniyatining berilishi jazolashdan ko‘ra, fuqarolarni qonun-qoidalarga rioya etishga undash va huquqbuzarliklarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
🔹Deputat sifatida ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlayman. Zero, yo‘l harakati xavfsizligi — bu nafaqat tartib masalasi, balki inson hayoti va salomatligini asrash bilan bevosita bog‘liq. Har bir mahallada xavfsiz yo‘l — farovon va osoyishta hayot garovidir.
Shahboz Teshayev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,