35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#162_qonun

Taraqqiyot mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ilyos Istamov yashash hovlisiga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi va unda qurilgan uy-joyga bo‘lgan huquqlarni qonuniy rasmiylashtirish masalasida tuman Kengashi kotibiyati xodimi Sh. G‘affarovga murojaat qildi.

✔️Murojaat yuzasidan fuqaroga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali huquqlarni rasmiylashtirish tartibi batafsil tushuntirildi.

✔️Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda fuqarolarga qo‘shimcha moliyaviy yengilliklar yaratgan O‘RQ-1153-sonli Qonunning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.