35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“TINCHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
“TINCHLIK” MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA


Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muborak Astanova mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish jarayonlarini “Tinchlik” mahallasida davom ettirmoqda.

🤝 O‘rganish davomida mahalla mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda belgilangan vazifalarning ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda mavjud muammolar muhokama qilindi.

🔎 Shuningdek, mahallada xatlov ishlarining borishi, jarayonlarning belgilangan tartibda tashkil etilishi, ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📊 O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi mavjud holat tahlil qilinib, mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-son Qonuniga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid masalalarni ko‘rib chiqish va o‘z vakolatlari doirasida tegishli nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega.

🌿 Mahallalarda ishlarning joyiga chiqib o‘rganilishi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimini belgilash va aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim аҳамiyat kasb etadi.


🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati
Slide 1 of 5