13-BAND IJROSI: BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M. Pardayev tomonidan Go‘zalkent mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish, hududlarni obodonlashtirish, umumiy foydalanishdagi joylarning saqlanishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Deputatlik nazorati — aholining munosib yashash sharoitlarini ta’minlash va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.