SESSIYAOLDI O‘RGANISH: TASHQI REKLAMA TALABLARIGA RIOYA ETILISHI KO‘RIB CHIQILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori ijrosini tumanda ta’minlash masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 Go‘zalkent MFY hududida tadbirkorlik faoliyati o‘rganilib, tashqi reklama vositalarining belgilangan talablar asosida joylashtirilishi, ularning amaldagi holati hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar tegishli tartibda qayd etilib, umumlashtirildi.
Mazkur ma’lumotlar navbatdagi sessiyada masalani atroflicha muhokama qilishda foydalaniladi.
⚖️ Deputatlik nazorati — qonuniylik, tartib va mas’uliyatni ta’minlashning muhim vositasidir.