35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI
янв.21
Xo‘jaidod MFY raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaidod mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi qarorlarining huquqiy asoslanganligi bo‘yicha hamkorlik yanada kuchaytiriladi
янв.21
AHOLI MUAMMOSI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
OBI MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DARBAND MAHALLASIDA YO‘LLAR OBODONLASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun — aholi salomatligi va farovonligining muhim kafolati
янв.21
Boysun tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

 Yangi bog‘chaning ochilish marosimida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi raisi S.Akbarov, mahalla faollari, ota-onalar, nuroniylar, tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni ochib bergan Kengash raisi Sattarxo‘ja Akbarov yig‘ilganlarni yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda zamonaviy va shinam maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bilan samimiy muborakbod etdi. 

Tadbir davomida bog‘chaning faoliyati, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Zamonaviy ta’lim va tarbiya uchun zarur imkoniyatlarning yaratilgani, bolalarning mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun qulay muhit shakllantirilgani alohida e’tirof etildi. Ta’kidlash joizki, “Intellekt Kids” xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotining ishga tushirilishi nafaqat Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa, balki hududda maktabgacha ta’lim qamrovini
kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 3