Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Olimjon Isoqov tomonidan "Ochamayli" mahalla fuqarolar yig‘inida "mahalla yettiligi" bilan aholi murojaatlari bo‘yicha qabul o'tkazildi.
Ushbu uchrashuv davomida fuqarolarning qiynayotgan bir qator muammolari va takliflari tinglandi. Bir nechta fuqarolarning muammolari ijobiy hal etilib, qolgan fuqarolarning taklif va muammolarini chuqur o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish uchun tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.