Jizzax shahridagi 17 umumtaʼlim maktabining "Tashabbusli byudjet" 2024 yil ikkinchi mavsumi loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlarini bajarilishini o‘rganish maqsadida “Yuksalish” harakati Jizzax viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Xalq deputatlari shahar Kengashining "Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan monitoring o‘tkazildi.