➡️Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 17-Xo‘jayuz saylov okrugi deputati U. Tangirov tomonidan Xo‘jayuz mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida hududni rivojlantirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida 3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qator infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilmoqda.
➡️Jumladan, mahalla hududida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda, elektr tarmoqlari tortilmoqda. Shuningdek, transformator o‘rnatish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud suv inshootini ta’mirlash hamda asfalt qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
➡️Mazkur ishlar hudud aholisining yashash sharoitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.