35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz
янв.21
YER — UMUMMILLIY BOYLIK, UNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
SHAHARSOZLIK – KELAJAK BUNYODKORLIGINING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSI
янв.21
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
DEHQON BOZORLARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Parkent dehqon bozori” MChJ ma’muriyati bilan hamkorlikda dehqon bozoridagi faoliyat holati o‘rganildi.Nazorat jarayonida “Parkent dehqon bozori” MChJ direktor o‘rinbosari Tojiboyev Botir O‘ktamovich va bozor nazoratchisi bilan suhbat o‘tkazilib, bozorning bugungi faoliyati yuzasidan ma’lumotlar olindi.Ta’kidlanishicha, ayni paytda bozorda 329 ta savdo rastasi faoliyat yuritmoqda.Savdo rastalari uchun kunlik to‘lovlar CLIC ilovasi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi. Shuningdek, bozor hududiga 18 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, to‘lovlarning amalga oshirilishi elektron tizim orqali nazorat qilinmoqda.O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholiga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash, savdo xizmatlari sifatini oshirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishdan iborat bo‘ldi.Nazorat davomida savdo rastalarining
faoliyati, xizmat ko‘rsatish darajasi, sanitariya-gigiyena talablari,oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, savdo qoidalariga amal qilinishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.Shuningdek,“Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”dagi holat ham nazoratdan chetda qolmadi.Unda go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, sifati hamda aholiga sotilishi jarayoni o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida bozor ma’muriyati va mas’ul xodimlar, tadbirkorlar, sotuvchilar hamda xaridorlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.Deputat tomonidan tadbirkor va sotuvchilarga mahsulotlar narxini asossiz oshirmaslik, xaridorlarga sifatli mahsulotlarni taklif etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish,xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish va bozor hududida tartibni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar bildirildi.Bunday jamoatchilik nazorati tadbirlarining muntazam tashkil etilishi bozorlarda narx-navoning barqarorligini saqlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni kuchaytirish hamda jamoatchilik bilan davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 6