35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz
янв.21
YER — UMUMMILLIY BOYLIK, UNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
SHAHARSOZLIK – KELAJAK BUNYODKORLIGINING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSI
янв.21
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
Tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Fayzullayeva Malika Yarkunovna tumanda joylashgan 5-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazishga qay darajada tayyorligi, binolarning texnik holati, isitish tizimlarining sozligi va uzluksiz ishlash imkoniyati, elektr energiyasi hamda boshqa zarur resurslar bilan ta’minlanganlik holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun mavsum davomida munosib sharoit yaratish, xonalarni belgilangan haroratda saqlash masalalari ham ko‘zdan kechirildi.
Ayniqsa, yuqumli kasalliklar shifoxonasi kabi muhim tibbiyot muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasini faqat texnik vazifa sifatida emas, balki bemorlar salomatligi, sanitariya-epidemiologik barqarorlik va xavfsiz muhitni ta’minlashning muhim sharti sifatida ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2