Parkent tumanining olis “Yangi Sanganak” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi murojaatlari bilan ishlash, joyiga chiqqan holda ijtimoiy holatlarini o‘rganish va tibbiy ko‘riklar tashkil qilish borasida amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni imkon qadar hal qilishga qaratilgan mazkur qabulda tumanimiz hokimi Sardor Isoqulov, uning o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot boshliqlari ham ishtirok etdi. Sayyor qabulda tumanimiz aholisi o‘zini qiynab kelayotgan turli muammolari yuzasidan viloyat hokimi bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Shuningdek, tumanimiz hokimi ham aholi murojaatlarini tinglab, ularni hal qilish choralarini ko‘rdi.