35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz
янв.21
YER — UMUMMILLIY BOYLIK, UNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
SHAHARSOZLIK – KELAJAK BUNYODKORLIGINING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSI
янв.21
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
IJTIMOIY SOHA OBYEKTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna Parkent tumani “Samarobod” MFY hududida joylashgan “Nargis” nomli 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib,muassasaning kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.O‘rganish davomida isitish tizimi, sanitariya-gigiyena talablari,hududning obodonlashtirilishi, mavjud jihozlarning holati hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, jamoatchilik nazorati doirasida Vazirlar Mahkamasining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga oid qarori ijrosi o‘rganildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, kunlik taomnomaning belgilangan
me’yorlarga muvofiqligi, oshxona jihozlarining holati hamda ovqat tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi bilan tanishildi.Bog‘cha xodimlari bilan suhbatlashilib, kuz–qish mavsumida bolalar uchun qulay, xavfsiz va issiq muhit yaratish, sog‘lom ovqatlantirishni ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.Shu bilan birga, 9-sonli DMTT mudirasi tomonidan mavjud muammolar ham deputat e’tiboriga yetkazildi. Xususan, tarbiyalanuvchilarning uxlashi uchun karavotlar yetishmasligi hamda mavjud karavotlarning ayrimlari bolalarning yoshiga mos emasligi, shuningdek, kiyim-kechak va shaxsiy buyumlarni saqlash uchun shkaflar yetishmasligi ma’lum qilindi.Mazkur muammolar yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritish orqali amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadga muvofiqligi bildirildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish belgilandi.O‘rganish yakunida bolalarning sog‘lom, xavfsiz va qulay muhitda tarbiyalanishi, sifatli ovqatlantirilishi, muassasaning kuz–qish mavsumiga puxta tayyorlanishi hamda zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlanishi muhim ekani ta’kidlandi.Deputatlik va jamoatchilik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 9