35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz
янв.21
YER — UMUMMILLIY BOYLIK, UNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
SHAHARSOZLIK – KELAJAK BUNYODKORLIGINING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSI
янв.21
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 Mehnat kodeksi talablari joylarda o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Saidova Nigora Rajabboevna tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talablari ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish olib borildi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ–798-son Qonuni bilan tasdiqlangan va 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat kodeksi talablari asosida maxsus tuzilgan savolnoma asosida tashkil etildi.

O‘rganish davomida korxona va tashkilotlarda:
🔹 mehnat shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish tartibiga rioya etilishi;
🔹 norasmiy bandlikni qisqartirish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish;
🔹 xodimlarga ish haqining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi;
🔹 mehnat ta’tili, ijtimoiy ta’tillar hamda qonunchilikda belgilangan kafolat va kompensatsiyalar;
🔹 xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlarini ta’minlash;
🔹 xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va mehnatni muhofaza qilish talablari;
🔹 mehnat huquqlarining buzilishi yuzasidan fuqarolar murojaatlari hamda ularning yechimi;
🔹 ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat nizolarining oldini olish va hal etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Mehnat kodeksining yangi tahriri talablarini ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida targ‘ib qilish, huquqiy tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganildi.

📌 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududdagi korxona va tashkilotlarda mehnat qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlash, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mavjud muammolarni aniqlashdan iborat.

Slide 1 of 2