35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Energiyani tejash — barchamizning vazifamiz
янв.21
YER — UMUMMILLIY BOYLIK, UNI ASRASH — BARCHAMIZNING BURCHI
янв.21
Fuqaro murojaati joyida o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi
янв.21
Xalq deputatlri tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
Yoshlar manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
SHAHARSOZLIK – KELAJAK BUNYODKORLIGINING MUSTAHKAM HUQUQIY ASOSI
янв.21
VIJDON ERKINLIGI – JAMIYAT BARQARORLIGINING MUHIM OMILI
янв.21
Hurmatli tadbirkorlar!
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengash raisi R.Toshpo‘latov tomonidan Birlashgan mahalla fuqarolar yig‘ini hududida elektr simyog‘ochlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ayrim simyog‘ochlar texnik jihatdan eskirgani, ulardan foydalanish aholi xavfsizligi hamda elektr ta’minoti barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi. Mazkur muammo yuzasidan fuqarolarning murojaatlari va takliflari ham tinglandi.

Muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda mas’ul tashkilotlar e’tiborini ushbu masalaga qaratish maqsadida tuman deputati tomonidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovi kiritishga kelishib olindi.

Tashrif yakunida aholi xavfsizligini ta’minlash, yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni bosqichma-bosqich almashtirish va elektr tarmoqlarini texnik jihatdan yaxshilash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1