35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT — XALQ ISHONCHI VA MANFAATLARINING HIMOYACHISI
янв.21
Xo‘jaidod MFY raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xo‘jaidod mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman Kengashi qarorlarining huquqiy asoslanganligi bo‘yicha hamkorlik yanada kuchaytiriladi
янв.21
AHOLI MUAMMOSI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
OBI MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DARBAND MAHALLASIDA YO‘LLAR OBODONLASHTIRILMOQDA
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun — aholi salomatligi va farovonligining muhim kafolati
янв.21
Boysun tuman Kengashi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
#24_ta_tavsiya #deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiyada shaharda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi hamda maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, Kengash kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, hudud deputati Faxriddin Matasimov hamda bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov tomonidan "Zarbuloq" mahalla hududida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Jarayonda:
Sinfxonalarning moddiy-texnik bazasi va jihozlanish darajasi;
Ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun to‘siqsiz va qulay muhit yaratilganligi.

🤝 Monitoring natijalari hamda aniqlangan kamchiliklar tegishli chora-tadbirlar belgilash uchun Kengashning doimiy komissiyasiga muhokamaga kiritildi. Ushbu masala shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining hisoboti bilan birga Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 9