35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Shukur Burhonov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Shukur Burhonov mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shavkat Ayupovning ishonchli vakili Rashidxon Dadaxo‘jayev Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Shukur Burxonov" mahallasida mahalla yettiligi, mahalla faollari hamda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvni samarali tashkil etish va deputatlik faoliyatini joylarda tizimli yo‘lga qo‘yishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tashkiliy hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

📝 Uchrashuv davomida, avvalo, mahalla yettiligi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi. Aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

🔎 Shuningdek, mahalla idorasida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda hududdagi dolzarb infratuzilmaviy muammolar joyiga chiqib o‘rganildi. Xususan, ichki ko‘cha yo‘llari, kommunal xizmatlar, elektr energiyasi, gaz va suv ta’minoti, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📝 Tashrif doirasida Shukur Burhonov nomidagi muzey faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi. Muzeyda yaratilgan sharoitlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish holati hamda yoshlarni milliy qadriyatlar va tarixiy meros ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

💡 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar umumlashtirilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha kelishib olindi.

✅ Yakunda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shavkat Ayupov nomidan mahallada mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni amaliy hal etish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10