Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
YOSHLAR BANDLIGI VA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 1-Beshyog‘och saylov okrugi deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna Kengashning haftalik ish rejasiga hamda deputatlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan 24 ta tavsiya asosida Katta Olmazor mahallasida bo‘ldi.

O'rganish davomida mahalla raisi Umarov A. hamda yoshlar yetakchisi Nazirov J. ishtirokida mahallada yoshlar siyosatini amalga oshirish holati, yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-son "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida tahlil qilindi.

📚📚Shuningdek deputati Fayzullayeva Malika Yarkunovna tashabbusi va taklifi bilan Katta Olmazor mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularning ma'naviy-intellektual salohiyatini oshirish maqsadida mahalla yoshlariga 80 nomdagi turli badiiy va ma'rifiy kitoblarni topshirish tadbiri tashkil etildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda yoshlar bandligini yanada oshirish, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta'minlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi.


Slide 1 of 9