Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
#tavsiyalar #doimiy_komissiya #qonun_162
#tavsiyalar
#doimiy_komissiya
#qonun_162

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati, Kengashning ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi F. Quvvatov O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish, shuningdek sanoat, qurilish hamda issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar yuzasidan belgilangan normalari ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi transformator punkti faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida transformatorning texnik holati, undan foydalanish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilishi, elektr energiyasining uzluksiz va samarali ta’minlanishi hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan muhokamalar o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr energiyasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, energiya resurslaridan samarali foydalanishni kuchaytirish hamda qonunchilik talablarining amalda ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 2