Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Suvankulov tomonidan ish rejaga muvofiq "Navro‘z" mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda 2026-yil uchun belgilangan rejalar va ayni paytda amalga oshirilayotgan tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, mahallada yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🏛 "Navro‘z" mahallasidagi yoshlar to‘g‘risida ma’lumot:
👥 Jami yoshlar soni – 1 271 nafar
👨 Erkaklar – 688 nafar
👩 Ayollar – 573 nafar
♿️ Nogironligi bo‘lgan yoshlar – 22 nafar
🤝 Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar – 26 nafar
🙇 Ishsiz yoshlar – 24 nafar

📊Amalga oshirilgan ishlar:
✅ 14 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi.
🔫 4 nafar yosh muddatli harbiy xizmatga jo‘natildi.
🛠 6 nafar yoshga zarur asbob-uskunalar ajratilib, ularning bandligi ta’minlandi.
👤 4 nafar yosh o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.
💰 4 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratildi.

⭐ 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha erishilgan yutuqlar:
🥈 "Davlat xavfsizlik kubogi" musobaqasida "Navro‘z" mahallasi tuman bosqichida 2-o‘rinni egalladi.
🎮 Kibersport turi bo‘yicha tuman bosqichida 1-o‘rin qo‘lga kiritildi.
🏗 Qo‘shimcha ravishda 2 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.
♟ "7 yoshdan 70 yoshgacha" shaxmat musobaqasining viloyat bosqichida 2-o‘rin qo‘lga kiritildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3