🚧 Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati o‘rganildi
🏘 Xalq deputatlari tuman Kengashining 13-Qamay saylov okrugi deputati N.Tilovov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Abraxmatovlar tomonidan Olmazor mahallasining ichki ko‘cha yo‘llarining holatini o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida ichki ko‘chalar infratuzilmasi, yo‘llar holati hamda aholiga yaratilayotgan sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
🛠 Shuningdek, mahalladagi tuproq yo‘llarni shag‘allashtirish ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Olib borilgan o‘rganishlar kelgusida yo‘llar holatini yanada yaxshilash va aholiga qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.