Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
ZOMIN TUMANIDA YANGI IT MARKAZ FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Zomin tumanida raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda IT yo‘nalishidagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida IT Park Zomin majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari O'Akkulov, P.Tojiboyev, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari S.Ayubxon Orifjon o‘g‘li, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov, Jizzax viloyati hokimining maslahatchisi O.Bobomurodov, Zomin tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Omonqulov, ommaviy axborot vositalari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda tuman faollari ishtirok etdi.

Tantanali marosim davomida so‘zga chiqqanlar barchani ushbu muhim voqea bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda IT sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdilar. Ta’kidlanganidek, hududlarda zamonaviy IT infratuzilmasini yaratish yoshlarning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shundan so‘ng mehmonlar yangi IT markaz binosida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Markazdagi zamonaviy kompyuter sinflari, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, qulay o‘quv xonalari, coworking hududlari va innovatsion ta’lim muhiti ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Mutasaddilar tomonidan markaz faoliyati, yoshlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslari, dasturlash, robototexnika, grafik dizayn, sun’iy intellekt va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Binoda yaratilgan qulay va shinam sharoitlar, zamonaviy texnik jihozlar hamda innovatsion muhit mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

Qayd etilganidek, mazkur IT markaz faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi Zomin tumanida raqamli texnologiyalar ekotizimini rivojlantirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Yangi majmua kelgusida Zomin tumanining raqamli taraqqiyot markazlaridan biriga aylanib, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, innovatsion loyihalarni amalga oshirishi hamda axborot texnologiyalari sohasida yuqori natijalarga erishishi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Slide 1 of 5