Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Kadastr palatasi Termiz tuman filialida o‘rganish olib borildi

Kadastr palatasi Termiz tuman filialida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 3-Nurafshon saylov okrugidan deputati K. Abdullayeva tomonidan Kadastr palatasi Termiz tuman filialida hamkorlikdagi ishlarni samarali tashkil etish hamda soha faoliyatini o‘rganish yuzasidan tashrif amalga oshirildi.

O‘rganish davomida filial tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash holati hamda sohada mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashkilot faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholiga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikdagi sa’y-harakatlar va joylardagi o‘rganishlar hududlarni rivojlantirish, aholining talab va ehtiyojlarini qondirish hamda davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3