Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Aholining suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolari “xonadonbay” o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan aholini qiynab kelayotgan kommunal sohadagi muammolar tumanning “Barraj” mahallasida “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borildi.

🔺O‘rganishlar davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha murojaatlari tinglandi. Ayrim hududlarda ichimlik suvi bosimining pastligi, suv ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani, elektr tarmoqlarining eskirganligi sababli kuchlanishning me’yorda emasligi hamda ayrim xonadonlarda gaz bosimi pastligi bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi.

🔺Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ilib, muammolarni hal etish uchun mas’ul tashkilotlar va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar vakillari ishtirokida amaliy choralar belgilab olindi. Xususan, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish, nosoz transformator punktlarini ta’mirlash, suv tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni bartaraf etish hamda gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🔺Shuningdek, aholiga kommunal xizmatlardan foydalanish madaniyati, mavjud muammolar bo‘yicha murojaat qilish tartibi hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 4