Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Mahalliy kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustam Kalanov raisligida shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari xodimlari hamda partiya guruhlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

📱Yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining tegishli qarorlari va mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini samarali ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

✅Tadbirda deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, “Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” asosida hududlarda tizimli o‘rganishlar olib borish, aholi muammolarini aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

📱Shuningdek, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, kotibiyat xodimlarining tashkiliy-amaliy ko‘magini yanada oshirish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

❗️Yig‘ilish yakunida mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, “E-Kengash” elektron platformasi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish va aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3