Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi

Deputatlik nazorati natijasida “Matonat” mahallasidagi yashil hududdagi muammo bartaraf etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Abror Abduganiyev xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafikka muvofiq Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan deputatlik nazorati doirasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida “Matonat” mahallasi Jasorat ko‘chasida joylashgan xiyobon, xususan P. Ochilov byusti qarshisidagi yashil hududning holati ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, mazkur hudud joriy yil davomida yetarli darajada sug‘orilmaganligi oqibatida archa daraxtlarining holati yomonlashgan, yashil maydon esa parvarishsiz qolgan.Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi va muammoni qisqa muddatda bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Natijada, bugunning o‘zida masala ijobiy hal etilib, Jasorat ko‘chasidagi xiyobon, jumladan P. Ochilov byusti qarshisidagi yashil hududni sug‘orish ishlari tashkil etildi. Mazkur hududni obodonlashtirish va yashil maydonni tiklash bo‘yicha zarur parvarish ishlari izchil davom ettirilishi belgilandi.

Deputatlik nazorati doirasida hududlarda aniqlanayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay va obod muhit yaratish borasidagi ishlar bundan buyon ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 5