Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalladagi ichimlik suv bilan ta’mirlash yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi
янв.21
Kofrun mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–141-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 8-Xo‘janqon saylov okrugi deputati Aminqulov Shaxrijahon O‘tkir o‘g‘li tomonidan Xo'janqon mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ibragimov Yorqin Mengliyevich tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, hudud obodonchiligi, "mahalla yettiligi" hamkorligini mustahkamlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida axborot taqdim etildi.

Deputat tomonidan mahalla faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlash sifatini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1