#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq, tuman Kengashining 3-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputati M. Musurmanov bilan Guliston mahallasida hokim yordamchisining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kredit va subsidiya olgan fuqarolarning faoliyati ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ajratilgan kredit va subsidiyalarning samarali foydalanilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|