Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 AHOLI BANDLIGI VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati, tuman hokimi X.Umarov
o‘zi saylangan 8-Kattaqishloq saylov okrugi hududida Kattaqishloq,
Pandigon, Jalayer, Bolalik, Qashqar va Katta Dehqonobod mahalla fuqarolar
yig‘inlarida bo‘lib, mahallalarning "mahalla yettiligi"
a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuv davomida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish,
oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, kambag‘allikni qisqartirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammo va
kamchiliklar muhokama etildi.


Shuningdek, har bir mahalla kesimida ehtiyojmand oilalar bilan manzilli
ishlash, tomorqadan samarali foydalanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash,
kasb-hunarga o‘qitish va aholini doimiy daromad manbaiga ega qilish yuzasidan
ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Muloqot yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalarning ijrosini tizimli
tashkil etish, har bir xonadon kesimida natijadorlikka erishish hamda aholini
qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar
berildi.
  

Slide 1 of 2