Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati faoliyati yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 33-Beltepa saylov okrugi deputati U.Sanakulov "Katta Jarariq" mahalla fuqarolar yigʻinida aholi bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla faollari, fuqarolar va nuroniylar ishtirok etishdi.  

📝 Uchrashuvda deputat U.Sanakulov tomonidan faoliyatning asosiy 24 ta yoʻnalishi yaʼni aholining ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamiga koʻrsatilayotgan yordamlar, bepul beriladigan dori vositalari bilan taʼminlash va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

📁 Uchrashuv davomida aholidan koʻp qavatli uylarning holati, atrof muhit tozaligi yuzasidan bildirilgan takliflar va murojaatlar muhokama qilinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bartaraf etilishi maʼlum qilindi. 

🔎 Shuningdek, deputat U.Sanakulov aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlash va yoshlarning boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish maqsadida 40 nafardan ortiq mahalla faollarini hamda yoshlar "Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi"ga va "Qatagʻon qurbonlari xotiri muzeyi"ga sayohat uyushtirishda boshchilik qildi.   

🗣 Uchrashuv yakunida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati U.Sanakulov tomonidan 29-Beltepa saylov okrugi aholisi bilan oʻzaro ishonch va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan faoliyatini har doim davom ettirishini maʼlum qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9