Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
#Deputat_mahallada

Tuman Kengashi deputati A. Saydaliyev hamda kotibiyat mudiri G. Tursunova tomonidan "Turkiston" mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz keksalar hamda kam ta'minlangan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlik, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularga tegishli yordam choralarini belgilash, ijtimoiy xizmat va yordamlarni o‘z vaqtida yetkazish yuzasidan tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4