Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
DEPUTATLIK NAZORATI

 Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, tuman Kengashi deputati M.Hasanova va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ismatov hududda joylashgan “Latifsobungar” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔍 Tashrif davomida deputatlar mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi. Xususan, “Obod mahalla” tamoyili asosida hududni obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar bandligini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish hamda xotin-qizlar faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📎 Mahalla yettiligi aʼzolari tomonidan hududda mavjud muammolar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan maʼlumot berildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish boʻyicha zarur choralar koʻrish belgilab olindi.

✔️Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidladi.

Slide 1 of 5