Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi

Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari F.Qurbonov, X.Muxammedov va N.Xudayqulovalar ishtirokida shahardagi mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida fuqarolar, ayniqsa yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning jamiyat hayotiga, oilaviy muhitga va inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, sport va jismoniy faollikni oshirish, zararli odatlardan voz kechish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbirlar doirasida mahalla aholisi uchun tashkil etilgan tibbiy ko‘rik jarayonlari ham o‘rganilib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, profilaktik tekshiruvlarning samaradorligi va qamrovi bilan tanishildi.

Tadbir yakunida ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni tizimli ravishda davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2