Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Musiqa maktabida “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Obi mahallasida tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Obi mahallasida mahalla raisi va xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kutubxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obi saylov okrugi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida kun tartibidagi muhim masalalardan biri — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi masala bo‘ldi.

Sessiyada yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlarni keng ko‘lamda tashkil etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, 2026-yil davomida shaharda “Yoshlar oyligi” doirasida turli madaniy-ma’rifiy, sport, intellektual va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar, tanlovlar va ommaviy tadbirlarni tashkil etish, sahna bezaklari, bannerlar, monitor xizmatlari hamda esdalik sovg‘alari bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar yakunida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun 380 million so‘m mablag‘ ajratishga rozilik berildi.

Deputatlar tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, yoshlar uchun tashkil etiladigan tadbirlar qamrovini kengaytirish hamda ularning sifatli o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiya yakunida mazkur masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3