Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
#sorov_ijrosi #111_ds_369_26 📌 Deputat so‘roviga javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Samo Nizomovich Abdug‘aniyev tomonidan Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga yuborilgan deputat so‘rovi yuzasidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Javob xatida O‘zbekiston Respublikasining “Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, hududiy rivojlantirish dasturlari hamda iqtisodiy faollikni oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berilgan.

📊 Amalga oshirilayotgan ishlar:
✅ Tumanning 8 ta og‘ir toifadagi mahallasini rivojlantirish uchun jami 24 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda;
✅ “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi 2 ta mahallani rivojlantirish uchun 10 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda;
✅ Ishtixon tumaniga ajratiladigan 100 milliard so‘mlik mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha manzilli dastur va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
✅ “Zarbdor tajribasi” asosida amalga oshiriladigan drayver loyihalar uchun zarur infratuzilma obyektlarini qurish va ta’mirlash yuzasidan dastlabki ro‘yxatlar shakllantirilgan;
✅ Amalga oshirilayotgan loyihalar natijasida 268 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.

📈 Kreativ iqtisodiyot va hududiy rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan deputatlik nazorati davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1