Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Fuqarolar murojaati mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy o‘rganish o‘tkazildi.

🔺O‘rganish davomida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida joylarga chiqildi. Xususan, ayrim hududlarda ichimlik suvi bosimining pastligi, suv ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketishdagi muammolar atroflicha muhokama qilindi.

🔺Deputat aholi bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar rahbarlariga murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan muddatlar yuzasidan aniq savollar bilan murojaat qildi.

🔺Mas’ullarga ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, mavjud nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, chiqindilarni olib chiqish grafiklariga qat’iy rioya etish hamda aholi bilan tizimli ishlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Muammolarni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ularning ijrosini nazorat qilish deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2