Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yaratilayotgan ish o‘rinlari tahlili - deputatlik so‘rovida
янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
🇺🇿 Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.
янв.21
Deputat biriktirilgan tashkilotda o‘rganish olib bordi
янв.21
Munchoq mahallasida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
MUROJAATLAR IJROSI NAZORATDA: ALPOMISH MAHALLASIDAGI MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI

Xususan, deputatning murojaatlar daftariga qayd etilgan murojaat asosida Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda bosh mutaxassis R.Mamashukurov tomonidan shahardagi “Alpomish” mahallasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirilib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalarning haqiqiy holati va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xususan, “Mardlar shahri” ko‘chasida ichimlik suvi quvurining yorilishi bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘plandi. Muammoni bartaraf etish va aholi uchun yaratilayotgan noqulayliklarni qisqa muddatlarda hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan har bir murojaat deputatlik nazoratiga olinib, ularning qonuniy va adolatli yechimini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va hal etish Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining doimiy e’tiboridagi masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 2