Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

 2026-yil 17-iyun kuni Andijon shahar “Hunarmand” MFY, Oltinko‘l ko‘chasida joylashgan 9-sonli oilaviy yotoqxona, “Istiqlol” MFY hududidagi 88-A-sonli oilaviy yotoqxona hamda “Bunyodkor” MFY hududidagi 39-A-sonli oilaviy yotoqxonalarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aholi tomonidan asosan ichki ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, tashqi fasadni yangilash hamda ayollar va erkaklar uchun alohida tashqi hojatxonalar qurish masalalari ko‘tarildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida mazkur oilaviy yotoqxonalarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish masalasini amaldagi qonunchilik tartibida ko‘rib chiqish yuzasidan Andijon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholining murojaatlari doimiy e’tiborda va ularning muammolarini hal etish yo‘lida amaliy ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 2