Toshkent mahallasi Zulfiya ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelib qolgani, yomg‘irli va qish mavsumida harakatlanish qiyinlashayotgani hamda ko‘chada tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat murojaatni joyiga chiqib o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yubordi.
Mazkur deputatlik so‘rovida Zulfiya ko‘chasining ichki yo‘llarini ta’mirlash va ko‘chani tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash masalasini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan muddatlarda rasmiy javob taqdim etish so‘ralgan.