Tashrif davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud tibbiy jihozlar hamda tibbiyot xodimlarining faoliyati o‘rganildi. Shuningdek, fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Muloqotlar davomida aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.